Site icon eng so'ngi ta'lim yangiliklari

Italiyaning Piza universiteti UNIPI grant dasturiga ariza qabul qilmoqda

Unda bakalavr va magistratura uchun nomzodlar ishtirok etishi mumkin. Talabalarga 6500 yevrodan 8 ming yevrogacha stipendiya taqdim etiladi.

Foto: ESB Business School

Italiyaning Piza universiteti UNIPI grant dasturiga ariza qabul qilmoqda.

Dastur ingliz tilida o‘qitiladigan magistratura yoki biznes va iqtisod bo‘yicha menejment bakalavriatiga qabul qilingan xalqaro talabalarga 24 ta stipendiya ajratadi.

Nomzodlar grant uchun alohida hujjat topshirishlari shart emas. Universitet uchun qabul qilingan barcha talabalar avtomatik ravishda ko‘rib chiqiladi hamda quyidagilarga e’tibor qaratiladi:

Shuningdek, nomzodlar ingliz tilini yetarli darajada bilishi talab qilinadi (darajalar yo‘nalishiga qarab farqlanadi) hamda tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha talablariga mos kelishi kerak.

Qabul qilinganlarga quyidagicha tartibda stipendiya ajratiladi:

Grantlar har yili 5 oylik interval bilan ikki qismda to‘lanadi. Ikkinchi va uchinchi yil uchun grant ajratish talablari keyingi o‘quv yilining boshida (sentabr-oktabr oxiri) baholanadi.

Arizalarni qabul qilish muddati yo‘nalishlarga qarab farqlanadi. Shuning uchun har bir yo‘nalish bo‘yicha kengroq ma’lumot olish tavsiya etiladi.

Dastur haqida batafsil ma’lumotlarni bu yerdan olish mumkin.

Exit mobile version