Site icon eng so'ngi ta'lim yangiliklari

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

Akademiya tarixi va tashkil topishi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq prokuratura organlari faoliyatini takomillashtirish bilan bir qatorda prokuratura organlari xodimlari malakasini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yilning 24 yanvarida “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi 33-son qarori qabul qilindi va unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi huzurida Qonunchilikni mustahkamlash muammolari va prokuror-tergov xodimlari malakasini oshirish Markazi tashkil etildi. Ushbu Markazga prokuratura organlari xodimlarining malakasini oshirishdan tashqari ilmiy faoliyat olib borishi ham belgilangan, shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 1994 yil 20 dekabrdagi 869-son buyrug‘iga asosan Qonunchilikni mustahkamlash muammolari va prokuror-tergov xodimlarining malakasini oshirish Markazining Ilmiy kengashi tuzilgan.

O‘tgan yillar davomida respublikamizda amalga oshirilgan islohotlar ushbu markaz faoliyatini takomillashtirishni taqozo etdi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yilning 7 noyabridagi PQ-727-son qaroriga ko‘ra, ushbu markaz negizida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari tashkil etildi.

Mamlakatda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yangi ustuvor yo‘nalishlari hamda qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlash vazifalari prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish zaruriyatini davrning o‘zi taqozo etdi.

O‘tgan davr mobaynida huquqni qo‘llash holatini kompleks tahlil qilish, qonunbuzilishlar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini ko‘rish, fuqarolarning huquq va erkinliklari himoyasini ta’minlash, tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan prokuratura organlari xodimlarini zarur bilim va ko‘nikmalarga o‘rgatish borasida muayyan ta’lim va ilmiy salohiyat shakllantirildi.

Shu bilan birga, prokuratura organlari faoliyatining mutlaqo yangi yo‘nalishlari belgilanganligi, ularning amalga oshirilayotgan islohot va o‘zgarishlardagi o‘rni kuchaytirilganligi yuklatilgan vazifalarni samarali bajara oladigan munosib kadrlar tarkibini shakllantirishni talab etdi.

Tashkil topishi:

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, shuningdek, prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 8 maydagi PF–5438-son Farmoni qabul qilindi. Farmonga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi etib qayta tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF–257-sonli Farmoniga asosan Bosh prokuratura Akademiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasasi sifatida:

Akademiyada kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlari belgilangan tartibda budjet va to‘lov-kontrakti asosida amalga oshiriladi.

Yo’nalishlari

Akademiyada quyidagi ta’lim yo’nalishlari mavjud:

Akademiyada jinoyatlarni tergov qilish sohasida kadrlarni amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlagan holda yagona yondashuv asosida tayyorlashga qaratilgan uzluksiz o‘quv tizimini yo‘lga qo‘yildi.

Xulosa

O’zbekiston Respublikasi Huquqni Muhofaza Qilish Akademiyasi mamlakatimizda huquqiy bilimlarni rivojlantirish va yuqori malakali huquqshunoslarni tayyorlashda muhim rol o’ynaydi. Akademiya talabalarga zamonaviy ta’lim, qulay yashash sharoitlari va kelajakda muvaffaqiyatli karyera qilish imkoniyatlarini taqdim etadi.

Shunga o’xshash postlar.

Bizni telegramda kuzating.

Exit mobile version