Bosh sahifa Abiturient Bu yil o‘qishni ko‘chirishda baholash mezonlari qanday bo’ladi?

Bu yil o‘qishni ko‘chirishda baholash mezonlari qanday bo’ladi?

115
Bu yil o‘qishni ko‘chirishda baholash mezonlari qanday bo'ladi?

O’qishni ko’chirish mezonlari: O‘zbekistondagi xorijiy OTM filiallari va nodavlat (xususiy) oliygohlardan davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 15-20-avgust oralig’ida bo‘lib o‘tadi.

2025-yilda baholash mezoni quydagicha bo’ladi:   

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

➖ Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) – 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

➖ Matematika – 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

➖ O‘zbekiston tarixi – 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta mutaxassislik fan bo‘yicha:

➖ 1-fan – 30 ta savol.
Har biri uchun 3,1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

➖ 2-fan – 30 ta savol.
Har biri uchun 2,1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

Umumiy holda, 2024/2025 oʻquv yili uchun o’qishni ko’chirish talabida bo’lganlarga 5 ta fan boʻyicha jami 90 ta test topshirigʻi beriladi. Bunda toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

Bizni telegramda kuzating.

O’xshash post.