Emaktab.uz dan sinf rahbari tomonidan «Bir kunlik jurnal» da fanlar ostidagi «PR» ustuniga kunlik belgilar quyidagi tartibda qoʻyib boriladi:
s — hech qanday sababsiz dars qoldirganligini koʻrsatish uchun;
dq — sababli dars qoldirganligini koʻrsatish uchun;
k — kasallik sababli dars qoldirganligini koʻrsatish uchun;
kq — darsga kechikib kerganligini koʻrsatish uchun;
m — surunkali dars qoldirayotganligini koʻrsatish uchun;
ch — respublikadan tashqariga ruxsatsiz chiqib ketganligini koʻrsatish uchun;
q — taʼlim olishga ota-onasi qarshilik qilayotganligini koʻrsatish uchun;
ns — ota-ona nazoratsizligi sababli darsga kelmaydiganligini koʻrsatish uchun;
tq — turmushga chiqqanligi tufayli darsga kelmaydiganligini koʻrsatish uchun qoʻyish belgilanadi.
✔️ Fan oʻqituvchilari tomonidan oʻquvchilarning darsdagi davomatlari dars boshlanishida onlayn tarzda quyidagi tartibda qayd etiladi:
s — hech qanday sababsiz dars qoldirganini koʻrsatish uchun;
kq — darsga kechikishni koʻrsatish uchun.
Kechikkan oʻquvchi baholanishi ham mumkin. Bunda kq (Masalan: kq5, kq4) belgisidan keyin olgan bahosi qoʻyiladi.