Bosh sahifa Bo'limsiz Abituriyentlar uchun xotirani mustahkamlash bo‘yicha TOP 5 maslahat!

Abituriyentlar uchun xotirani mustahkamlash bo‘yicha TOP 5 maslahat!

83

Abituriyentmisz o‘qiganlaringizni takrorlang
Yangi o‘rganilgan ma’lumot tez yodda qolishi uchun uni 24 soat ichida qayta eslab ko‘ring va bir necha kun davomida takrorlang.

    Konspekt yozing
    Qo‘l bilan yozilgan ma’lumot miyaga mustahkamroq o‘rnashadi. Muhim joylarni chiroyli qilib yozing va rangli qalamlardan foydalaning.

    O‘rganganlaringizni boshqalarga tushuntiring
    Kimdir sizni tinglayaptimi yoki yo‘qmi, farqi yo‘q – o‘zingizga yoki do‘stlaringizga mavzuni tushuntiring. Shunda ma’lumot miyangizda uzoqroq saqlanadi.

    To‘g‘ri ovqatlaning
    Miya uchun foydali mahsulotlar iste’mol qiling: yong‘oq, baliq, ko‘katlar, tuxum va qora shokolad xotirani mustahkamlashga yordam beradi.

    Yetarlicha uxlashni unutmang
    Tungi uyquda miya o‘rganilgan ma’lumotlarni tartibga soladi. Kuniga 7-8 soat sifatli uyqu xotirani yaxshilaydi.

    Bilimlaringiz mustahkam bo‘lsin! Xotirani kuchaytirish uchun bu maslahatlarni bajaring!

    Bizni telegramda kuzating.

    Shunga o’xshash post.