Noyabr oyi uchun ro‘yxatga olish 16-oktabrdan 30-oktabrgacha davom etadi, to‘lovlarni esa 31-oktabrgacha amalga oshirish lozim. Imtihonlar quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi: Biologiya — 21-noyabr, Kimyo — 22-noyabr, Matematika — 23-24-noyabr, Fizika — 24-noyabr.
Dekabr oyi uchun ro‘yxatga olish 20-noyabrdan 4-dekabrgacha amalga oshiriladi, to‘lov muddati 5-dekabrgacha etib belgilangan. Imtihon sanalari: Geografiya (elektron) — 25-dekabr, Ona tili va adabiyot — 26-28-dekabr, Tarix — 29-dekabr.
Imtihon uchun to‘lov miqdori 594 000 so‘mni tashkil etadi. Shuningdek, davlat tadbirlari yoki talabgorlar sonining o‘zgarishi munosabati bilan imtihon sanalariga o‘zgartirish kiritilishi mumkinligi eslatib o‘tildi.






