Edu talimEduta'lim — O‘zbekistonning mukammal ta’lim ekotizimi.

O’qishni ko’chirish imtihonlarida baholash mezonlari 2026/2027

2026/2027 o’quv yili uchun o’qishni ko’chirish imtihonlarida 5 ta fan bo’yicha maksimal 189 ball to’plash mumkin. Majburiy va mutaxassislik fanlari baholash tizimi batafsil.

0
1
O’qishni ko’chirish imtihonlarida baholash mezonlari 2026/2027

Imtihonlar qanday o'tkaziladi?

2026/2027 o'quv yili uchun o'qishni ko'chirish istagida bo'lgan talabalar uchun test imtihonlarining baholash mezonlari e'lon qilindi. Imtihonlar 5 ta fan bo'yicha o'tkaziladi va jami 90 ta test topshirig'ini o'z ichiga oladi.

Majburiy fanlar – 33 ball

Barcha test topshiruvchilar uchun quyidagi 3 ta majburiy fan belgilangan:

  • Ona tili (o'zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) — 10 ta savol. Har biri uchun 1,1 ball. Maksimal ball — 11 ball.
  • Matematika — 10 ta savol. Har biri uchun 1,1 ball. Maksimal ball — 11 ball.
  • O'zbekiston tarixi — 10 ta savol. Har biri uchun 1,1 ball. Maksimal ball — 11 ball.

Majburiy fanlar bo'yicha jami to'plash mumkin bo'lgan ball — 33 ball.

Mutaxassislik fanlari – 156 ball

Bakalavriat ta'lim yo'nalishiga mos bo'lgan 2 ta mutaxassislik fanidan topshiriladi:

  • 1-fan — 30 ta savol. Har biri uchun 3,1 ball. Maksimal ball — 93 ball.
  • 2-fan — 30 ta savol. Har biri uchun 2,1 ball. Maksimal ball — 63 ball.

Mutaxassislik fanlari bo'yicha jami to'plash mumkin bo'lgan ball — 156 ball.

Umumiy natija – 189 ball

Umumiy holda, 2026/2027 o'quv yilida o'qishni ko'chirish talabida bo'lganlar uchun 5 ta fan bo'yicha jami 90 ta test topshirig'i beriladi. Bunda to'plash mumkin bo'lgan maksimal ball 189 ballni tashkil etadi.

Imtihonlarga tayyorgarlik ko'rishda har bir fan uchun belgilangan savollar soni va ballarni hisobga olib, o'z kuchingizni to'g'ri taqsimlab boring.

Javoblar (0 )