Prezident farmoni bilan yangi o'sish e'lon qilindi
Prezidentimizning 2026-yil 23-iyundagi PF-115-son Farmoniga asosan, 2026-yil 1-iyuldan boshlab pensiya va nafaqalar, 1-sentyabrdan boshlab esa byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va talabalarning stipendiyalari 7 foizga oshiriladi. Bu ijtimoiy siyosatning davomiy rivojlanishi doirasida amalga oshirilmoqda.
1-iyuldan pensiya va nafaqalar oshadi
Yangi o'sishdan so'ng pensiya va nafaqalar quyidagi miqdorni tashkil etadi:
- Yoshga doir eng kam pensiya — 983 000 so'm
- Nogironlik pensiyasining eng kam miqdori — 1 083 000 so'm
- Bolalar nafaqasi (3 yoshgacha, birinchi farzand) — 386 000 so'm
- Bolalar nafaqasi (3-18 yosh, birinchi farzand) — 295 000 so'm
- Ikkinchi farzand uchun qo'shimcha nafaqa — 177 000 so'm
- Uchinchi va undan keyingi har bir farzand uchun qo'shimcha — 118 000 so'm
- Ijtimoiy reestrdagi oilalar uchun moddiy yordam — 450 000 so'm
- Pensiyani hisoblash bazaviy miqdori — 504 000 so'm
Boshqa pensiya va nafaqalar (1-iyuldan)
Maxsus toifadagi fuqarolar uchun nafaqalar ham yangi miqdorda to'lanadi:
- Urushda nogiron bo'lganlar va qatnashchilar uchun — 4 775 000 so'm
- Bevosita parvarish/o'zgalar yordamiga muhtojlar nafaqasi — 878 000 so'm
- Boquvchisini yo'qotganlik nafaqasi (1-a'zo) — 878 000 so'm, har keyingi a'zo uchun +290 000 so'm
- Keksa yoshdagi, ish staji bo'lmaganlar nafaqasi — 878 000 so'm
1-sentyabrdan ish haqi va stipendiyalar oshadi
Byudjet tashkilotlari xodimlari va talabalar uchun ham muhim yangilik kutilmoqda. 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab:
- Mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori — 1 360 000 so'm
- Bazaviy hisoblash miqdori — 440 000 so'm
- Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalari — 7 foizga oshadi
Bu o'zgarishlar davlat byudjeti doirasidagi barcha tashkilotlar, ta'lim muassasalari va talabalar uchun amal qiladi.





Javoblar (0 )