Telegram kanalimizga a'zo bo'ling va yangiliklardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling! 🚀 Obuna bo'lish →

Edutalim.uzEduta’lim — O‘zbekistonning mukammal ta’lim ekotizimi.

Zakovat-Gambit shaxmat turniri g‘oliblari taqdirlandi

Saida Mirziyoyeva Zakovat-Gambit shaxmat turniri ishtirokchilari va loyihaning ahamiyati haqida fikr bildirdi.
1
Zakovat-Gambit shaxmat turniri g‘oliblari taqdirlandi

Saida Mirziyoyeva Zakovat-Gambit shaxmat turniri g‘oliblarini taqdirladi. Joriy yilda o‘tkazilgan musobaqa 6 mingga yaqin ishtirokchini birlashtirdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar ko‘pdir. Ishtirokchilarning 633 nafarini ayol va qizlar tashkil etdi.

Prezident Administratsiyasi rahbari O‘zbekiston xalqaro shaxmat maydonida yuqori natijalarga erishayotganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yurtimizda har bir insonning aqliy salohiyatini namoyon etish uchun qulay muhit shakllanmoqda.

Saida Mirziyoyeva Zakovat loyihasi iqtidorli yoshlarni kashf etish bilan birga, tafakkur madaniyatini, mustaqil fikrlash va oqilona qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Manba: https://t.me/SShMirziyoyeva/4498