Telegram kanalimizga a'zo bo'ling va yangiliklardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling! 🚀 Obuna bo'lish →

Edutalim.uzEduta’lim — O‘zbekistonning mukammal ta’lim ekotizimi.

AQSHdagi Berea kollejiga arizalar qabul qilinmoqda

AQSHning Berea kolleji bakalavriat bosqichi uchun arizalar qabulini e’lon qildi. O‘qish bepul bo‘lgan ushbu oliygohda 40 ga yaqin yo‘nalish mavjud.
1
AQSHdagi Berea kollejiga arizalar qabul qilinmoqda

AQSHdagi Berea kolleji bakalavriat bosqichida tahsil olish istagida bo‘lgan talabalar uchun arizalar qabul qilmoqda. Kollejda 40 ga yaqin ta’lim yo‘nalishlari mavjud.

O‘qishga kirish uchun nomzodlardan kamida IELTS 6.0 yoki unga teng xalqaro til sertifikati talab etiladi. Arizalarni 2026-yil 15-dekabrga qadar topshirish mumkin.

Kollejda o‘qish bepul, ya’ni kontrakt to‘lovi mavjud emas. Shuningdek, talabalar uchun bepul turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi. Xorijiy talabalar uchun haq to‘lanadigan ish o‘rinlari ham taqdim etiladi.