Telegram kanalimizga a'zo bo'ling va yangiliklardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling! 🚀 Obuna bo'lish →

Edutalim.uzEduta’lim — O‘zbekistonning mukammal ta’lim ekotizimi.

Vazirlik o‘qishni ko‘chirishda firibgarlik holatlaridan ogohlantirdi

Oliy ta’lim vazirligi o‘qishga qabul qilish va ko‘chirish jarayonlarida firibgarlik holatlariga ishonmaslik hamda qonuniy tartiblarga amal qilish bo‘yicha bayonot berdi.
1
Vazirlik o‘qishni ko‘chirishda firibgarlik holatlaridan ogohlantirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida fuqaroni xususiy universitetning 3-kursiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, pul talab qilgan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar tarqaldi. Shu munosabat bilan vazirlik fuqarolarni firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Amaldagi tartibga ko‘ra, o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus elektron platformasi orqali qabul qilinadi. Jarayon maxsus sinovlar natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Shuningdek, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalar haqidagi buyruqlarni 1-oktabrdan kechiktirmay HEMIS tizimida ro‘yxatdan o‘tkazishi shart. Tizimga kiritilmagan shaxslarga diplom berilmaydi. Vazirlik “sinovsiz 3-kursga kiritib qo‘yamiz” yoki “hujjatlarni keyin rasmiylashtiramiz” kabi va’dalarga ishonmaslikni so‘raydi. Fuqarolardan o‘qishga qabul qilingandan so‘ng ma’lumotlarning HEMIS tizimida borligini tekshirish va hujjatlarni vositachilarga bermaslik tavsiya etiladi. Qonunbuzilish holatlari haqida 1253 yoki 1006 qisqa raqamlariga xabar berish mumkin.

Manba: https://t.me/nodavlat_otm/1606