-50% Intro price for the next 72 hours only!. Buy now →

Edu talimEduta'lim — O‘zbekistonning mukammal ta’lim ekotizimi.

SAT 1200+ olganlar qanday talaba bo‘ladi?

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan tartibga ko‘ra, College Board tomonidan o‘tkaziladigan Scholastic Aptitude Test (SAT) imtihoni natijalari oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonida inobatga olinadi.

0
5
SAT 1200+ olganlar qanday talaba bo‘ladi?

SAT natijasi OTMga kirishda qanday hisobga olinadi?

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan tartibga ko‘ra, College Board tomonidan o‘tkaziladigan Scholastic Aptitude Test (SAT) imtihoni natijalari oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonida inobatga olinadi.

Agar abituriyent SAT imtihonida maksimal ballning kamida 75 foizini — ya’ni 1200 ball va undan yuqori natijani qo‘lga kiritsa, u sertifikatda baholangan fanlar (matematika va ingliz tili) mos keladigan bakalavriat yo‘nalishlariga qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etiladi.

Qaysi holatda SAT natijasi amal qiladi?

SAT natijasi quyidagi shart asosida hisobga olinadi:

  • sertifikatda baholangan fanlar tanlangan ta’lim yo‘nalishining kirish fanlariga mos bo‘lishi;
  • natija rasmiy tartibda elektron shaklda yuborilgan bo‘lishi;
  • tavsiya Davlat komissiyasi qarori asosida tasdiqlanishi.

Agar fanlar mos kelmasa yoki natija rasmiy yuborilmasa, SAT balli qabul jarayonida inobatga olinmaydi.

SAT natijasini Agentlik tizimiga yuborish tartibi

SAT sertifikati avtomatik tarzda hisobga olinmaydi. Abituriyent natijani mustaqil ravishda rasmiy tizim orqali yuborishi kerak.

Bosqichlar quyidagicha:

  1. College Board’ning rasmiy sayti — studentscores.collegeboard.org sahifasiga kiriladi.
  2. SAT topshirilgan akkaunt orqali tizimga login qilinadi.
  3. “Send Scores” yoki “Send SAT Scores” bo‘limi tanlanadi.
  4. “Add a recipient” funksiyasi orqali qabul qiluvchi tashkilot qo‘shiladi.
  5. Agentlikning maxsus DI kodi kiritiladi.
  6. Yuboriladigan test natijasi tanlanadi va tasdiqlanadi.

Shundan so‘ng natija elektron tarzda bevosita Agentlik axborot tizimiga yetkaziladi.

Muhim: PDF nusxa, skrinshot yoki elektron pochta orqali yuborilgan hujjatlar haqiqiy deb qabul qilinmaydi.

Responses (0 )