Xorijiy klinikalarda ishlagan vatandosh shifokorlarni O‘zbekiston shifoxonalariga jalb qilish uchun yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda 27-oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uchrashuvida ma’lum qilindi. Rasmiy xabar
Jalb etiladigan mutaxassislar uchun quyidagi imkoniyatlar nazarda tutilmoqda:
- Oylik ish haqiga 50 million so‘mgacha ustama to‘lash.
- Ish joyini zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash.
- Birga ishlaydigan shifokor, assistent va hamshiralarni mustaqil tanlab, o‘z jamoasini shakllantirish.
- Nufuzli konferensiyalarda qatnashish va xorijlik hamkasblar bilan tajriba almashish xarajatlarini qoplash.
Prezident matbuot kotibi xabariga ko‘ra, ishlar dastlab 26 ta ixtisoslashgan markazda boshlanadi. Har bir markaz direktori 2027-yilda 5–10 nafardan vatandosh shifokorni jalb etishga mas’ul bo‘ladi.
Manba: Prezident matbuot kotibi.







