Telegram kanalimizga a'zo bo'ling va yangiliklardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling! 🚀 Obuna bo'lish →

Edutalim.uzEduta’lim — O‘zbekistonning mukammal ta’lim ekotizimi.

3 yoshgacha farzandi bor o‘qituvchilar uchun attestatsiya tartibi

Vazirlar Mahkamasining 572-sonli qaroriga ko‘ra, 3 yoshgacha farzandi bor pedagoglar majburiy attestatsiyadan ozod etiladi.
1
3 yoshgacha farzandi bor o‘qituvchilar uchun attestatsiya tartibi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, 3 yoshgacha farzandi bor o‘qituvchilar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi. Pedagoglar farzandi 3 yoshga to‘lguniga qadar ushbu imtiyozdan foydalanishlari mumkin. Shu bilan birga, o‘qituvchilar o‘z xohishlariga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashish huquqiga ega. Bunda malaka toifasi yoki lavozim sertifikat asosida belgilanadi hamda ish haqi sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblab chiqiladi.