Telegram kanalimizga a'zo bo'ling va yangiliklardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling! 🚀 Obuna bo'lish →


Andijon davlat chet tillari instituti — Andijon viloyatida joylashgan davlat universiteti oliy ta’lim muassasasidir. Muassasada 21 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. 2025–2026 o‘quv yili uchun muassasada jami 562 ta o‘rin ajratilgan: 77 ta davlat granti va 485 ta to‘lov-kontrakt asosida. Eng past grant bali 110.2, eng past kontrakt bali 84.9 ballni tashkil etadi.
Andijon davlat chet tillari instituti — chet tillari sohasi boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydigan oliy oʻquv yurtlaridan biri.
O‘zbekiston prezidenti Andijon davlat chet tillar institutini tashkil etishni 31-maydagi qarori bilan tasdiqladi. Institutda o‘quv jarayoni 2022/2023-o‘quv yilidan boshlandi va talabalarga ikkita xorijiy til bo‘yicha kvalifikatsiya beriladi.
Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
Xorijiy tillar sohasi bo‘yicha oliy maʼlumotli, ilmiy hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash; o‘quv jarayonida xalqaro baholash dasturlari, standartlaridan foydalanish, o‘qitish hamda baholashning zamonaviy shakllari, texnologiyalari va metodlarini joriy etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan pedagoglarni tayyorlash; ilmiy loyihalarni amalga oshirish shuningdek, yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikda qo‘shma taʼlim dasturlari joriy etish;
xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning amaldagi reytingida oliy taʼlim muassasalari orasida yuqori 1 000 talik o‘rinni egallagan xorijiy oliy taʼlim muassasasining dasturi asosida o‘z taʼlim dasturlarini shakllantirish va yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan mustaqil ravishda qo‘shma taʼlim dasturlari va ilmiy loyihalarni joriy etish; taʼlimni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, shuningdek, o‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalarni tatbiq qilish, jumladan, o‘quv jarayonini talabalarda mustaqil taʼlim olish va amaliy, badiiy, sinxron, ketma-ket va ilmiy-texnik tarjima ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirish; institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish, jumladan, professor-o‘qituvchilar stajirovkasi hamda malaka oshirishini xorijiy va nufuzli respublika oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida tashkil etish institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari sanaladi.
Yo‘nalishlar kesimidagi test sinovlari natijalari va qabul parametrlari
| Kod | Yo‘nalish | Shakl | Til | Grant kv. | Kontrakt kv. | Grant ball | Kontrakt ball |
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 60110901 | Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tiliIngliz tili · Ona tili va adabiyoti | Kunduzgi | O`zbek | 20 | 57 | 185.1 | 178.6 |
| 60110902 | Xorijiy til va adabiyoti: nemis tiliNemis tili · Ona tili va adabiyoti | Kunduzgi | O`zbek | — | — | — | — |
| 60110903 | Xorijiy til va adabiyoti: fransuz tiliFransuz tili · Ona tili va adabiyoti | Kunduzgi | O`zbek | — | — | — | — |
| 60230101 | Filologiya va tillarni oʻqitish: arab tiliChet tili · Ona tili va adabiyoti | Kunduzgi | O`zbek | 5 | 21 | 182.4 | 175.5 |
| 60230104 | Filologiya va tillarni oʻqitish: fransuz tiliFransuz tili · Ona tili va adabiyoti | Kunduzgi | O`zbek | — | — | — | — |
| 60230107 | Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tiliIngliz tili · Ona tili va adabiyoti | Kunduzgi | O`zbek | 8 | 18 | 186.4 | 179.9 |
| 60230110 | Filologiya va tillarni oʻqitish: koreys tiliChet tili · Ona tili va adabiyoti | Kunduzgi | O`zbek | 4 | 21 | 180.1 | 168.5 |
| 60230113 | Filologiya va tillarni oʻqitish: nemis tiliNemis tili · Ona tili va adabiyoti | Kunduzgi | O`zbek | 6 | — | 110.2 | — |
| 60230119 | Filologiya va tillarni oʻqitish: turk tiliChet tili · Ona tili va adabiyoti | Kunduzgi | O`zbek | 1 | 24 | 179.8 | 156.8 |
| 60230123 | Filologiya va tillarni oʻqitish: xitoy tiliChet tili · Ona tili va adabiyoti | Kunduzgi | O`zbek | 7 | 43 | 182 | 164.9 |
| 60230124 | Filologiya va tillarni oʻqitish: yapon tiliChet tili · Ona tili va adabiyoti | Kunduzgi | O`zbek | 6 | 19 | 170.1 | 149.3 |
| 60230204 | Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tiliIngliz tili · Ona tili va adabiyoti | Kunduzgi | O`zbek | 4 | 21 | 181.3 | 173.5 |
| 60230205 | Tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tiliNemis tili · Ona tili va adabiyoti | Kunduzgi | O`zbek | — | — | — | — |
| 60230400 | Kompyuter lingvistikasiOna tili va adabiyoti · Matematika | Kunduzgi | O`zbek | 1 | 24 | 143 | 111.8 |
| 61010100 | Turizm va mehmondoʻstlikTarix · Chet tili | Kunduzgi | O`zbek | 6 | 19 | 157.9 | 112.8 |
| 60230107 | Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tiliIngliz tili · Ona tili va adabiyoti | Kunduzgi | Rus | — | 25 | — | 165.5 |
| 60230117 | Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tiliRus tili va adabiyoti · Chet tili | Kunduzgi | Rus | 5 | 20 | 167 | 136.7 |
| 60230202 | Tarjima nazariyasi va amaliyoti: rus tiliRus tili · O'zbek tili va adabiyoti | Kunduzgi | Rus | 4 | 21 | 140.6 | 95.1 |
| 60110901 | Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tiliIngliz tili · Ona tili va adabiyoti | Kechki | O`zbek | — | 50 | — | 162.4 |
| 60230107 | Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tiliIngliz tili · Ona tili va adabiyoti | Kechki | O`zbek | — | 52 | — | 142 |
| 60230117 | Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tiliRus tili va adabiyoti · Chet tili | Kechki | Rus | — | 50 | — | 84.9 |
Yo‘nalishlari va viloyati yaqin bo‘lgan muassasalar