Telegram kanalimizga a'zo bo'ling va yangiliklardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling! 🚀 Obuna bo'lish →

Edu talimEduta'lim — O‘zbekistonning mukammal ta’lim ekotizimi.
Bosh sahifa/OTMlar/Andijon davlat texnika instituti
Andijon davlat texnika instituti
Andijon davlat texnika instituti
Davlat55 yo‘nalish

Andijon davlat texnika instituti

Andijon viloyatiXaritada ko‘rish

OTM haqida qisqacha

Andijon davlat texnika instituti Andijon viloyatida joylashgan davlat universiteti oliy ta’lim muassasasidir. Muassasada 55 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. 2025–2026 o‘quv yili uchun muassasada jami 1746 ta o‘rin ajratilgan: 219 ta davlat granti va 1527 ta to‘lov-kontrakt asosida. Eng past grant bali 68.0, eng past kontrakt bali 56.7 ballni tashkil etadi.

Batafsil ma’lumotlar

Institutning qisqacha tarixi

Andijon davlat texnika instituti – Andijon viloyatida joylashgan oliy oʻquv yurtlaridan biri. Institut 1976 yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutining (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) Andijon filiali sifatida tashkil etilgan. Institut mustaqil institut sifatida 1992 yildan buyon (dastlab Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti nomi, keyinchalik boshqa nomlar bilan) faoliyat yuritib kelmoqda.

  1. Oliy oʻquv yurti 1976 yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutining (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) Andijon filiali sifatida tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 6 iyundagi farmoni bilan Toshkent xalq xoʻjaligi instituti Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti etib qayta tashkil etilgan.
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 28 fevraldagi 217-son farmoniga muvofiq Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Andijon filiali negizida Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti tashkil etilgan.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-iyundagi 211-son «O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori bilan havola, Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti hamda Andijon eksperimental o‘quv-ishlab chiqarish markazi negizida Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti tashkil etilgan.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20-maydagi «Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi № PP-1533-son Qarori (havola) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-iyuldagi «Andijon муҳандислик-иқтисодиёт институтини Andijon mashinasozlik institutiga aylantirish to‘g‘risida»gi qarori (havola 1havola 2) asosida Andijon муҳандислик-иқтисодиёт институти Andijon mashinasozlik institutiga aylantirildi.
  5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-noyabrdagi «Andijon davlat texnika institutini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PP-396-sonli qarori bilan (havolag) Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti Andijon fakulteti negizida Andijon davlat texnika instituti tashkil etildi.

2025 yilga kelib institutda 33 mingdan ziyod mutaxassis tayyorlandi.

Institutda ta’lim jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yil 30 iyundagi 357-sonli buyrug‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 824-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan 2020/2021 o‘quv yilidan kredit-modul tizimi asosida tashkil etilgan.

Institutning rasmiy manzili: 170019, O‘zbekiston Respublikasi, Andijon viloyati, Andijon shahri, Bobura shoh ko‘chasi, 56-uy.
E-mail: [email protected]

Andijon davlat texnika instituti haqida umumiy ma’lumotlar

OTMning to‘liq nomiAndijon davlat texnika instituti
ОТМning statusiDavlat OTM
Tashkil topish sanasi (nomlanishi, qayta nomlanishi)1976 yil, Toshkent xalq xo‘jaligi instituti Andijon filiali
1992 yil, Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti
1995 yil, Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti
2011 yil, Andijon mashinasozlik instituti
2024 yil, Andijon davlat texnika instituti
Web-saythttps://web.astiedu.uz
Faks74-223-43-67
E-mail[email protected]
Davlat akkreditatsiyasi2022 yil 30 dekаbrь
Joylashishi170019, O‘zbekiston Respublikasi, Andijon viloyati, Andijon shahri, Bobura shoh ko‘chasi, 56-uy
Rektor v.v.b.Aliev Suxrob Rayimjonovich – fizika-matematika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent
Litsenziya (me’yoriy hujjat)№ 60
Talabalar soni (kunduzgi, sirtqi)10745
Professor-o‘qituvchilar soni500
Ta’lim berish muddatiBakalavr – 4 yil, magistratura – 2 yil

Oliy oʻquv yurtining missiyasi

Andijon davlat texnika institutining missiyasi – bu Andijon viloyati iqtisodiyoti, jumladan avtomobilsozlik, elektrotexnika, energetika, to‘qimachilik sanoati, mashinasozlik, qurilish va sanoatning boshqa tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish va oliy ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash asosida zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlashni ta’minlashdir

Oliy o‘quv yurti rahbariyati, qaror qabul qiluvchi organlari, oliy o‘quv yurtining tashkiliy tuzilmasi. Oliy o‘quv yurtining veb-sahifasidagi organogrammaga havola. https://web.astiedu.uz

Andijon davlat texnika instituti oʻz tuzilmasida 7 ta fakultet, 18 ta kafedraga ega.

Andijon davlat texnika instituti to‘g‘risidagi ma’lumotlar

  • Amalga oshirilgan dasturlar soni (I va II daraja): 48 ta bakalavriat yo‘nalishi, ulardan 21 ta yo‘nalish bo‘yicha bitiruvchilar mavjud. 25 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 16 ta yo‘nalishda bitiruvchilar mavjud.
  • Doktorlik tadqiqotlari soni: 134 ta
  • Doktoranturadagi ixtisosliklar soni: 23 ta
  • Talabalar soni: Institutda jami 10 745 nafar talaba.
    • 48 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi bo‘limda – 4 418 nafar
    • Sirtqi bo‘limda – 6 033 nafar
    • Kechki bo‘limda – 159 nafar
    • 25 ta magistratura bo‘yicha – 135 nafar
  • Xorijiy talabalar soni: 6 nafar
    • 3 nafar – Tunisdan
    • 2 nafar – Qirg‘izistondan
    • 1 nafar doktorant – Efiopiyadan
  • Xodimlar soni: 880 nafar
    • O‘qituvchilar: 502 nafar (420 nafari asosiy shtatda, 82 nafari o‘rindoshlik asosida)
    • Ilmiy daraja va unvonga ega professor-o‘qituvchilar: 146 nafar
    • Fan doktorlari: 15 nafar (3.0%)
    • Fan nomzodlari / PhD: 131 nafar (26.1%)
    • Ilmiy salohiyat: 29%
    • Fan doktorlarining o‘rtacha yoshi: 61 yosh
    • Fan nomzodlarining o‘rtacha yoshi: 34 yosh
  • Reytingdagi o‘rni:
    • Milliy reytingda: 19-o‘rin (120 ta OTM orasida, 2022)
    • UI Green Metric World University Ranking: 479-o‘rin (2024)

Kirish ballari va qabul kvotalari

Yo‘nalishlar kesimidagi test sinovlari natijalari va qabul parametrlari

55 ta yo‘nalish · 2025–2026
KodYo‘nalishShaklTilGrant kv.Kontrakt kv.Grant ballKontrakt ball
60210412Dizayn: avtomobilsozlik dizayniKasbiy (ijodiy imtihon) · Kasbiy (ijodiy imtihon)KunduzgiO`zbek1114111.688.1
60410100IqtisodiyotMatematika · Chet tiliKunduzgiO`zbek199178114
60410200Buxgalteriya hisobiMatematika · Chet tiliKunduzgiO`zbek595162.181.9
60410500Moliya va moliyaviy texnologiyalarMatematika · Chet tiliKunduzgiO`zbek248176.999.2
60410600Bank ishiMatematika · Chet tiliKunduzgiO`zbek51101.2
60410800MenejmentMatematika · Chet tiliKunduzgiO`zbek5095.7
60411200MarketingMatematika · Chet tiliKunduzgiO`zbek5082.1
60610100Axborot tizimlari va texnologiyalariMatematika · FizikaKunduzgiO`zbek743116.163.1
60610500Sunʼiy intellektMatematika · FizikaKunduzgiO`zbek86811257
60710100Kimyo muhandisligiKimyo · MatematikaKunduzgiO`zbek12472.656.8
60710400Energetika muhandisligiMatematika · FizikaKunduzgiO`zbek297368.257.8
60710500Elektr muhandisligiFizika · MatematikaKunduzgiO`zbek126170.556.7
60710600GidroenergetikaMatematika · FizikaKunduzgiO`zbek2206956.7
60710700Elektronika va asbobsozlikFizika · MatematikaKunduzgiO`zbek21669.656.8
60710800Metrologiya va standartlashtirishFizika · MatematikaKunduzgiO`zbek2146956.8
60710900Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirishFizika · MatematikaKunduzgiO`zbek32271.356.8
60711000Mexatronika va robototexnikaFizika · MatematikaKunduzgiO`zbek61969.356.7
60711100Biotibbiyot muhandisligiFizika · MatematikaKunduzgiO`zbek21568.656.7
60711200Metallurgiya muhandisligiKimyo · MatematikaKunduzgiO`zbek
60711300Metallar texnologiyalariMatematika · FizikaKunduzgiO`zbek1671.657.7
60711400Transport vositalari muhandisligiMatematika · FizikaKunduzgiO`zbek188368.256.9
60711800Atrof-muhit muhandisligiKimyo · BiologiyaKunduzgiO`zbek32283.964.9
60711900Barqaror transportMatematika · FizikaKunduzgiO`zbek359.3
60712100Qayta tiklanuvchi energiya manbalariMatematika · FizikaKunduzgiO`zbek12105.456.8
60712200Sanoat muhandisligi va menejmentiMatematika · FizikaKunduzgiO`zbek457.6
60712300Mexanika muhandisligiMatematika · FizikaKunduzgiO`zbek175668.156.7
60720100Oziq-ovqat texnologiyasiKimyo · BiologiyaKunduzgiO`zbek131386.378.8
60720300MaterialshunoslikKimyo · MatematikaKunduzgiO`zbek1378.656.9
60720401Texnologik mashinalar va jihozlarMatematika · FizikaKunduzgiO`zbek71670.757.1
60720600Neftʼ va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasiKimyo · MatematikaKunduzgiO`zbek41568.457
60720700Yengil sanoat muhandisligiMatematika · FizikaKunduzgiO`zbek21868.656.8
60721500Geodeziya va geoinformatikaMatematika · FizikaKunduzgiO`zbek357.1
60721700KadastrMatematika · FizikaKunduzgiO`zbek223115.461.8
60721800Ishlab chqarish muhandisligiMatematika · FizikaKunduzgiO`zbek456.9
60730100ArxitekturaMatematika · Ona tili va adabiyotiKunduzgiO`zbek183275.866.2
60730200Kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarishMatematika · FizikaKunduzgiO`zbek356.9
60730300Qurilish muhandisligiMatematika · FizikaKunduzgiO`zbek6256856.7
60730400Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va ekspluatatsiyasiMatematika · FizikaKunduzgiO`zbek2473.459.2
60730500Yoʻl muhandisligiMatematika · FizikaKunduzgiO`zbek84270.256.8
60730600Gidrotexnika va geotexnika muhandisligiMatematika · FizikaKunduzgiO`zbek2271.856.7
60730700Qiymat injiniringi va koʻchmas mulkni boshqarishMatematika · FizikaKunduzgiO`zbek1285.156.9
60730900Shahar qurilishi va loyihalashMatematika · FizikaKunduzgiO`zbek1256.9
61010400LogistikaMatematika · Chet tiliKunduzgiO`zbek1139137.395.8
61020200Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligiMatematika · FizikaKunduzgiO`zbek31469.457.7
61040200Yoʻl harakatini tashkil etishMatematika · FizikaKunduzgiO`zbek153136.760.9
60410100IqtisodiyotMatematika · Chet tiliKunduzgiRus25112.5
60712300Mexanika muhandisligiMatematika · FizikaKunduzgiRus41868.657
60720600Neftʼ va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasiKimyo · MatematikaKunduzgiRus169.2
60410100IqtisodiyotMatematika · Chet tiliMasofaviyO`zbek5060.4
60410200Buxgalteriya hisobiMatematika · Chet tiliMasofaviyO`zbek2559.9
60410500Moliya va moliyaviy texnologiyalarMatematika · Chet tiliMasofaviyO`zbek2559.8
60410600Bank ishiMatematika · Chet tiliMasofaviyO`zbek2659
60410800MenejmentMatematika · Chet tiliMasofaviyO`zbek2557.9
60411200MarketingMatematika · Chet tiliMasofaviyO`zbek2560.7
60610100Axborot tizimlari va texnologiyalariMatematika · FizikaMasofaviyO`zbek2762